
AQSH prezidenti Donald Trampga JCH-2026 finalida g'olib chiqqan jamoaga qo'shilishga ruxsat beriladi. "talkSPORT" xabariga ko'ra, FIFA Trampning g'olib jamoa sardoriga kubokni topshirishiga qarshi emas. Takidlanishicha, Tramp allaqachon FIFA vakillariga o'z istagi haqida ma'lum qilgan. FIFA siyosatchiga taqdirlash marosimida jamoa bilan birga qolishi yoki boshqa rasmiy shaxslar yonida bo'lishini o'zi hal qilish huquqini beradi. Tramp 2025 yilda "Chelsi" Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozonganidan so'ng qilganidek, bu safar ham g'alabani g'olib jamoa bilan birga nishonlashni afzal ko'rishi taxmin qilinmoqda. FIFA rahbari Janni Infantino AQSH rahbarini kubokni o'zi istagan usulda topshirishga to'liq huquqi borligi haqida ogohlantirgan. JCH-2026 finali 19 iyul kuni Nyu-Yorkdagi "Metlayf Stedium" stadionida bo'lib o'tadi.