Xenderson Bellingemning Angliya terma jamoasidagi roli haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 20:44
  • 189
  • 30

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Xenderson Jud Bellingemning milliy terma jamoadagi roli haqida fikr bildirdi.

«To‘g‘risini aytsam, unga bo‘lgan minnatdorchiligimni ifodalashga so‘z ojiz. OAVda u haqida ko‘p yozishlarini bilaman va ba’zida bularni o‘qish men uchun og‘ir, chunki uning bu jamoaga o‘tkazayotgan ulkan ta’sirini yaxshi bilaman.

O‘ylaymanki, u bizga qo‘shimcha ustunlik beradi. U o‘z faoliyatida muhim lahzalarni boshdan kechirgan, u muhim o‘yinlardagi asosiy futbolchidir. U — biz uchun fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinchi. Agar jamoadagi istalgan futbolchidan so‘rasangiz, uning qanday ajoyib jamoadosh ekanligini va qanday yaxshi shug‘ullanishini aytib beradi», — deya Xendersonning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichi doirasida Angliya terma jamoasi Xorvatiya (17 iyun), Gana (23 iyun) va Panama (28 iyun) terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар