Germaniya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi maqsad va vazifalari ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 14.06.2026 14:55
  • 97
  • 30

Sky Sports ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya futbol ittifoqi (DFB) tomonidan terma jamoa oldiga qo‘yilgan ichki maqsad — chorak finalga qadar yetib borish. Agar nemis jamoasi musobaqaning eng kuchli sakkizta jamoasi qatoriga kirsa, ularning ishtiroki muvaffaqiyatli deb baholanadi.

Agar jamoa yarim finalga chiqishga muvaffaq bo‘lsa, bu katta muvaffaqiyat sifatida qabul qilinadi (Germaniya 2014 yilgi Jahon chempionatidan buyon katta turnirlarda yarim finalga chiqa olmagan).

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Ekvador, Kyurasao va Kot-d’Ivuar terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Germaniyalik futbolchilar o‘zlarining birinchi uchrashuvini bugun, 14 iyun kuni o‘tkazadilar.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar