"Real" Niko Pasni "Komo"dan qaytarishdan bosh tortdi

  • Mr.NoBoDy 14.06.2026 12:56
  • 1595
  • 30

Madridning "Real" klubi bu yozda 21 yoshli argentinalik yarim himoyachi Niko Pasni sotib olish imkoniyatini faollashtirmaydi.

Avvalroq "qaymoqranglilar" argentinalikni 9 million evro evaziga olib ketishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, "Real" Pasni "Komo"da yana bir mavsumga qoldirishga qaror qildi, chunki ular hozirda futbolchining rivojlanishi va doimiy ravishda o'ynashi muhim deb hisoblashadi. Madrid klubi tarkibida esa Pasning maydondagi o'rni kafolatlanmagan.

Shu bilan birga, "Real" 2027 yilning yozida Pasni sotib olish imkoniyatini saqlab qolmoqda. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi "Komo" safida 40 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar