JCH-2026da qatnashadigan jamoalar qancha mukofot puli olishadi?

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 13:00
  • 1107
  • 30

AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati turnirning barcha ishtirokchilariga to'lanadigan mukofot pullari bo'yicha tarixdagi eng yirik rekord bo'ladi.

JCH-2026 final qismining 48 ta ishtirokchi davlati o'rtasida taqsimlanadigan umumiy mukofot jamg'armasi 727 million dollarni tashkil etadi. FIFA takidlaganidek, jamg'arma hajmi 50 foizga oshirilgan.

Mukofot jamg'armasi ikki qismga bo'lingan: 655 million dollar sof mukofot pullari va 72 million dollar JCH o'tkazilishi bilan bog'liq tashkiliy xarajatlarni qoplash uchun (48 ta davlatning har biriga 1,5 million dollar – barcha uchun belgilangan va teng summa).

Mukofotlar quyidagicha taqsimlanadi:

Chempion – 50 million dollar

Finalist, vice-chempion – 33 million

Uchinchi o'rin – 29 million

To'rtinchi o'rin – 27 million

5-8 o'rinlar – 19 million

9-16 o'rinlar – 15 million

17-32 o'rinlar – 11 million

33-48 o'rinlar – 9 million.

Shu tariqa, har bir terma jamoa FIFAdan kamida 10,5 million dollar oladi – 9 million dollar minimal kafolatlangan mukofot sifatida va 1,5 million dollar xarajatlarni qoplash uchun.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар