
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.
"Barchasi ajoyib, hammamiz xursandmiz. Nihoyat, biz uzoq kutgan vaqt keldi. Barchamiz Jahon chempionatiga tayyormiz.
Ancha erta kelib, Amerikaga vaqtiga ham ancha ko‘nikib qoldik. Nyu-Yorkda 10 kunlik yig‘in o‘tkazdik. Terma jamoadagi muhit yaxshi.
Mundialda ishtirok etish, birinchi navbatda, nafaqat men uchun, balki butun jamoamiz uchun juda katta g‘urur. Biz faqat milliy jamoa nomidan emas, butun O‘zbekiston nomida ishtirok etamiz. Aytib o‘tganimdek, bu biz uchun uzoq kutilgan orzu edi.
Muxlislardan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini istardik. Nasib qilsa, biz o‘z o‘yinlarimiz bilan ularni xursand qilamiz", — dedi Shomurodov.