Bobur Abdurahmonov: "Aslida hakamlar haqida gapirmoqchi emsdim-u…”

  • Mr.NoBoDy 08.06.2026 21:08
  • 390
  • 30

"Paxtakor FJ” jamoasi bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov “Respublika FA” bilan uchrashuvdan so'ng (0:3) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- O'yin chiroyli bo'ldi. Ikkala jamoa ham yosh va maydonda chinakam futbol o'ynadi, deb o'ylayman. Biz 70-daqiqagacha juda zo'r o'ynadik. Biroq keyin bitta vaziyatda koncentraciyani yo'qotib qo'ydik-da, gol qo'yib yubordik. Shundan so'ng yigitlar o'zlariga kela olishmadi. Har doimgidek, yana hujumga o'tamiz deb, qarshi hujumda to'p o'tkazib yuboryapmiz.

- Bugungi o'yindagi hakamlik borasida nima deya olasiz?

- Aslida hakamlar haqida gapirmoqchi emasdim-u, lekin oxiri gapirib yuboraman endi. To'g'risini aytsam, bugun yaqqol jarima maydonchasi ichida to'p qo'l bilan o'ynaldi, ammo penalti berishmadi. Nechta o'yindan beri hakamlar bizga qarshi chiqmoqda, to'g'risi. O'zi gapirishni unchalik yoqtirmayman, lekin aytyapman-da. Birinchi o'yinda "FarDU" bilan yo'q joydan penalti berildi, o'tgan o'yinda esa qizil kartochka berilishi kerak bo'lgan vaziyatda berishmadi. Hakamlar bizga qarshi nimadir qilyapti baribir.

- "Paxtakor" farm jamoasining ko'plab futbolchilari "Paxtakor"ning o'rinbosarlar tarkibiga jalb qilinishi natijalarga qay darajada ta’sir qildi?

- Ha, bu holat natijalarimizga juda katta ta’sir qilyapti, to'g'risini aytsam. Hozir bizda zaxiradan o'yinni kuchaytirish uchun tushiradigan o'yinchilar yetishmayati. Amallab, harakat qilib o'ynayapmiz. Agar o'rinbosarlar tarkibidagi o'sha o'yinchilarimiz hozir jamoada bo'lganida, biz bemalol o'ynardik, hatto oldimizga katta vazifalarni ham qo'ysak bo'lar edi.

Hozirgi bor yigitlar bilan yaxshi o'ynashga harakat qilyapmiz, hatto istalgan jamoaga qarshi 70 daqiqa juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqdamiz. Agar o'sha ketgan 6 ta asosiy o'yinchimiz tarkibda bo'lganida, bemalol har qanday vazifani bajara olardik.

Ўхшаш янгиликлар