
O'yindan keyin "Jayxun" bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor "Aral" jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Tan olish kerak, o'yin "Aral" ustunligida kechdi. Bizga omad va tajriba yetishmadi. Qolaversa to'qqiz nafar futbolchimiz Prezident olimpiadasi musobaqasiga ketgan, ularning yo'qligi ham bilindi. Bu uchrashuvga unchalik zo'r tayyorgarlik ko'ra olmadik.
- Proliganing navbatdagi bahslariga hozirlik qanday bo'ladi?
- Bir yarim oy muddat tanaffus chiqamiz. Futbolchilarga dam beramiz, biz murabbiylar keyingi rejalar ustida bosh qotiramiz. Hozircha aniq reja yo'q, o'tirib shuning ustida ishlaymiz. Bu borada Milliy universitetimiz rahbariyati qarorini ham eshitamiz. Shundan so'ng mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni boshlaymiz. Turnir jadvalida o'zimiz xohlagan o'rinda emasmiz. Ikkinchi davrada yuqoriga ko'tarilishga harakat qilamiz.