Tojikiston termasi o'rtoqlik o'yinida ishonchli hisobda g'alabaga erishdi

  • Mr.NoBoDy 05.06.2026 21:56
  • 705
  • 30

Bugun Tojikistondagi "Hisor Markaziy o'yingohi"da xalqaro o'rtoqlik o'yini o'tkazildi.

Unda Tojikiston va Hindiston termalari o'zaro to'qnash keldi. Bahsda mezbonlar 3:1 hisobida ishonchli g'alaba qayd etdi.

Tojikiston - Hindiston 3:1

Gollar: Sheriddin Boboev (9-pen), Mehrubon Karimov (62), Ehsoni Panshanbe (68) - Faruk Chudxari (89).

Tojikiston - Rustam Yatimov, Sheriddin Boboev, Alisher Jalilov, Zoir Jo'raboev, Salohiddin Ergashev, Tabrezi Islomov, Mehrubon Karimov (Rahmatsho Rahmatzoda, 66), Vahdat Hanonov (Alijon Karomatullozoda, 46), Shervoni Mabatshoev, Ehsoni Panshanbe, Alisher Shukurov.

Hindiston - Sandhu Gurpret Singh (Albino Gomes, 81), Rahul Bxeke (Bijoy Vargese, 81), Lallianzuala Chxangte (Muhammade Sanan, 69), Jekson Singh (Partib Gogoi, 84), Sandesh Jhingan (Pramver Singh, 81), Edmund Lalndrika, Akash Mishra, Makarton Nikson (Faruk Chudxari, 69), Vikram Singh, Nikxil Pujari (Nikxil Barla, 69), Rikki Shabong.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar