JCH-2026 mukofot puli oshirildi: O‘zbekiston kamida 12,5 million dollar oladi

  • Mr.NoBoDy 29.04.2026 10:33
  • 198
  • 30

FIFA JCH-2026 uchun mukofot pullari miqdorini oshirish haqida qaror qabul qildi.

1. Turnirga tayyorgarlik uchun har bir jamoaga ajratiladigan subsidiya 1,5 million dollardan 2,5 million dollargacha oshirildi.

2. JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritganlik uchun beriladigan mukofot puli 9 million dollardan 10 million dollargacha ko‘tarildi.

3. Qo‘shimcha ravishda jamoalar delegasiyalar yashashi uchun subsidiyalar, shuningdek, barcha ishtirokchilar uchun umumiy hisobda taxminan 16 million dollarlik kengaytirilgan chipta kvotasiga ega bo‘ladi.

Yangi taqsimotga ko‘ra:

Chempion: 50 mln dollar
Finalchi (2-o‘rin): 33 mln dollar
3-o‘rin: 29 mln dollar
4-o‘rin: 27 mln dollar
5–8-o‘rinlar: 19 mln dollar
9–16-o‘rinlar: 15 mln dollar
17–32-o‘rinlar: 11 mln dollar
33–48-o‘rinlar: 10 mln dollar

Shu tariqa, JCHda ishtirok etgan har bir mamlakat uchun eng kamida 12,5 million dollar miqdoridagi mukofot puli kafolatlandi. Tabiiyki, ushbu summa jamoaning ishtirokiga qarab oshib boraveradi.

Ўхшаш янгиликлар