"Chelsi"ning asosiy futbolchisi "Barselona"ga qaytishga rozi, taxminiy transfer narxi - 50 million evro

  • Mr.NoBoDy 29.04.2026 10:40
  • 1939
  • 30

"Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya klubdagi qiyin davr fonida jamoani tark etishi mumkin.

Futbolchi "Barselona"ga qaytishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Bu haqda Mundo Deportivo Mundo Deportivo gazetasi muxbiri Ferran Martines xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, hozircha 27 yoshli futbolchining vakillari "Barselona"ning sport direktori Deku bilan aloqa o'rnatmagan. Takidlanishicha, Mark Kukurelya transferi uchun taxminan 50 million evro narx belgilangan. "Chelsi"dan futbolchini sotib olish "Barselona" o'zining asosiy himoyachilaridan birini sotishiga bog'liq bo'lishi mumkin.

Mark Kukurelya 2012–2020 yillarda "Barselona" tizimida bo'lgan. Uning London klubi bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар