Antuan Grizmann: "Darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishdan ko'ra, chiroyli assist berishni afzal ko'raman"

  • Mr.NoBoDy 29.04.2026 11:48
  • 824
  • 30

Madridning "Atletiko" klubi va Fransiya terma jamoasi yetakchisi Antuan Grizmann o'zining maydondagi falsafasi va o'yin uslubi haqida to'xtalib o'tdi.

Tajribali hujumchining fikricha, jamoadoshlariga imkoniyat yaratish unga gol urishdan ko'ra ko'proq zavq bag'ishlaydi.

- "Menga darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqishdan ko'ra, sifatli assist berish ko'proq yoqadi. O'zimni ko'proq bir yoki ikki teginish bilan o'ynaydigan futbolchi deb hisoblayman.

Balki o'yinim u qadar effektli ko'rinmas, lekin doimo jamoadoshlarim uchun vaziyatlar yaratishga va raqiblarni kutilmagan qarorlar bilan hayron qoldirishga harakat qilaman. Xuddi "Tottenxem"ga qarshi (YCHL 1/8 finali, 5:2) bahsda bo'lgani kabi", - dedi Grizmann.

Ўхшаш янгиликлар