
Ikki o'yin natijasiga ko'ra (2:0, 1:2) madridliklar yarim finalga yo'l olishdi. Jarohati sababli qaydnomaga kiritilmagan Rafinya uchrashuvdan so'ng "matraschilar" muxlislariga qarata turli ishoralar qilib, ularning jamoasi yarim finalda baribir musobaqadan chiqib kyetishini ko'rsatgan. Bundan tashqari, braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda o'yinni "o'g'rilik" deb atab, hakamlikdan shikoyat qilgan.
"As" nashrining xabar berishicha, ushbu holat UEFA nazoratiga olingan. Tashkilot nafaqat maydondagi, balki uning atrofidagi voqealarni ham diqqat bilan kuzatib boradi. Avvalroq shunga o'xshash holatlar uchun futbolchilar bir nechta o'yinga diskvalifikaciya qilingan edi.
Rafinyaning muxlislarga nisbatan qilgan ishoralari, ayniqsa, uning o'yin qaydnomasida yo'qligini hisobga olsak, juda salbiy kutib olindi. Keyinchalik "Barsa" a'zosi o'z ijtimoiy tarmoqlari orqali "Atletiko" ishqibozlaridan qilgan harakatlari uchun uzr so'radi.
UEFA intizom qo'mitasi ushbu masalada qanday qaror qabul qilishi tez orada ma'lum bo'ladi. Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.