
- O'yin haqida fikringiz?
- Muhim g'alabaga erishdik. Proligada oson o'yinlar bo'lmaydi. Jamoamizni chiroyli o'yin va g'alaba bilan tabriklayman. To'rt kundan so'ng navbatdagi uchrashuvimiz bor va bunga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. Bugun "Sho'rtan" o'z maydonida durang o'ynabdi, bu futbol. Ko'rganingizdek, oson uchrashuvlar bo'lmayapti. Bizning maqsadimiz bitta - Superligaga chiqish. Xayolimiz ham doim shunla. Bu mas'uliyatni futbolchilar juda yaxshi his qilib turishibdi. Har to'rtinchi kun maydonga tushyapmiz va bu ham oson bo'lmayapti.
- Ibrohim No'monov bilan Mo'min Meliev negadir qaydnomada ko'rinmayapti?
- Bu ikki futbolchimizda jarohat bor. Meliev balki 1-2 turdan so'ng safga qaytar, lekin No'monov qishki yig'in payti qattiq jarohat oldi. U tiklanib qaytishi uchun yana vaqt kerak bo'ladi.
- Zaxiradan tushgan legioner futbolchi Maksvel juda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu o'yinchi haqida fikringiz?
- Bazi sabablarga ko'ra, braziliyalik futbolchi tarkibimizga kech qo'shildi. Hozir moslashuv jarayonini boshdan kechiryapti va o'ylaymanki, tez orada o'zini yaxshi ko'rsatadi. Bugun maydonda 30 daqiqa o'tkazib, hujumchilarga mos harakat qildi.
- Tez-tez o'yinlar sabab jamoani tayyorlash qanchalik qiyin bo'lyapti?
- Paytida o'zimiz ham futbol o'ynaganmiz va tiklanish bu o'rinda muhim o'rin tutadi. Bundan tashqari psixologiya ham katta rol o'ynaydi. Futbolda ketma-ket g'alaba qozonish oson emas, buning ham o'ziga yarasha mashaqqatlari bor. Bugun hisob 2:0dan keyin jamoamiz biroz bo'shashdi va gol o'tkazib yubordik. Shuning uchun vaziyatga bemalol qarash kerak emas. Futbolchilar bilan ruhiy tayyorgarlik borasida ham ishlashga to'g'ri kelyapti.