
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) futbol ishqibozlarini navbatdagi qiziqarli ma’lumot bilan xushnud etdi. Unda 23 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli maydon futbolchilari reytingi taqdim etilgan. Reytingni tuzishda futbolchilarning oxirgi yarim yil davomidagi ishtiroklari inobatga olingan.
Reytingning eng yuqori pog‘onasidan «Barselona» vingeri Lamin Yamal joy oldi. Ikkinchi o‘rinni «Yuventus» hujumkor yarim himoyachisi Kenan Yildiz egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni «PSJ» xavbeki Uorren Zair-Emeri yakunlab berdi.
Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan (top-10) ketma-ketlikda quyidagi futbolchilar joy olgan: Florian Virs, Pau Kubarsi, Jude Bellingem, Alexandro Balde, Aleksandr Pavlovich, Fermin Lopes va Rayan Sherki.