YCHL. "Arsenal" - "Sporting" bahsi uchun tarkiblar ma'lum

  • Mr.NoBoDy 15.04.2026 23:08
  • 490
  • 30

Bugun, 15 aprel kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 1/4 final javob uchrashuvi doirasida Londondagi "Emireyts" stadionida "Arsenal" hamda Lissabonning "Sporting" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

Uchrashuvni fransiyalik bosh hakam Fransua Letekse boshqarib boradi. Jamoalar maydonga tushadigan boshlang'ich tarkiblar bilan tanishing:

"Arsenal" - "Sporting"

"Arsenal": Rayya, Saliba, Moskera, Inkape, Magalyayns, Eze, Martinelli, Dyokeresh, Madueke, Subimendi, Rays.

"Sporting": Silva, Morita, Gonsalvesh, Katamo, Trinkan, Arauxo, Inasiu, Domande, Yulmann, Kuarejma, Suares.

Eslatib o'tamiz, Portugaliyada kechgan dastlabki uchrashuvda "Arsenal" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Ushbu juftlik g'olibi yarim finalda "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yuborgan Madridning "Atletiko" jamoasi bilan kuch sinashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар