
Kataloniyaliklar ikki o'yin natijasiga ko'ra (0:2, 2:1) musobaqani tark etishdi.
"Atletiko"ni yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman. Ammo bu kechagi sharmandali hakamlik va VAR ishini oqlamaydi, buni qabul qilib bo'lmaydi.
Birinchi o'yinda bizning foydamizga toza penalti belgilanmadi, shuningdek, futbolchilarimizdan biri chetlatildi. Aslida u sariq kartochkaga loyiq edi, chunki Juliano to'pni nazorat qilmayotgandi. Hakam avvaliga to'g'ri qaror qabul qilgandi, lekin VAR aralashib, qarorni o'zgartirtirdi va qizil kartochka ko'rsatildi.
Bu qarama-qarshilikda hakamlik qarorlari bizga juda qattiq zarar etkazdi, bu javob o'yinida ham takrorlandi. Erik Garsiya so'nggi himoyachi emasdi, Kunde to'pga bemalol yetib olishi mumkin edi. Hakam sariq kartochka ko'rsatdi va bu to'g'ri edi, ammo VAR yana uni qarorini o'zgartirishga majbur qildi. Yana bir xato.
Ferranning goli inobatga olinishi, Olmoga nisbatan penalti belgilanishi kerak edi. Ferminga nisbatan bo'lgan agressiyani hamma ko'rdi. Bunga qanday baho berishni o'zingiz bilasiz. Bu chidab bo'lmas holat, yigitning jarohatini tikishayotganda u azoblandi, buni qabul qilib bo'lmaydi.
Biz shikoyat qilgandik va bizga bu qabul qilinmasligini aytishdi. Endi biz nima uchun ekanligini tushuntirishlarini so'raymiz. Yuste yana bir shikoyat berilishini aytdi. Kecha bizga nisbatan qilingan ish - sharmandalik", - dedi Laporta.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi bahslar ko'plab bahsli vaziyatlar bilan yodda qoldi. Endilikda klub rahbariyati o'z huquqlarini himoya qilish uchun navbatdagi huquqiy qadamlarni tashlashga tayyorlanmoqda.