Supergol urgan 34 yoshli hujumchi, vodiyda 8 ta seyv qilgan posbon va xorijlik murabbiy - Superligada 7-tur laureatlari

  • Mr.NoBoDy 15.04.2026 16:56
  • 633
  • 30

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 7-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 7-turning eng yaxshi darvozaboni – Javohir Ilyosov (OKMK)

"Andijon" bilan o'ynagan OKMK safardan g'alaba bilan qaytishida Javohir Ilyosovning hissasi katta bo'ldi. Tajribali posbon bahs mobaynida 8 ta seyv amalga oshirdi, shulardan 6 ta zarbani raqib futbolchilari jarima maydoni ichidan yo'llashgani e'tiborga molik. Championat.asia xodimlari turning eng yaxshi darvozabonini aniqlash jarayonida "Bunyodkor" va "Buxoro" posbonlarini ham tilga olishdi, biroq jamoasi g'alaba qozongani bois 7-turning eng yaxshi darvozaboni sifatida Javohir Ilyosov tan olindi.

darvozabon.png

Championat.asia sayti talqinida 7-turning eng yaxshi murabbiyi – Mirko Yelichich ("Lokomotiv")

"Lokomotiv" yakuniga etgan turda Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. "Temiryo'lchilar" birinchi taymning o'zida o'yin taqdirini hal qilib qo'yishdi. O'z muxlislari qarshisida "Dinamo" o'tgan tur kambek amalga oshirgandi, bu safar Yelichich shogirdlari bunga yo'l qo'yishmadi. Bu tur eng yaxshi murabbiy bo'lish uchun OKMK va "So'g'diyona" ustozlari ham davogarlik qilishdi. Biroq, safarda kuchli raqibni mag'lub etgan Mirko Yelichich Championat.asia sayti talqinida tur murabbiyi deb topildi.

yelichich.png

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 7-turning eng yaxshi futbolchisi – Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")

"Lokomotiv"ning ushbu turdagi g'alabasini Temurxo'ja Abduxoliqov nomi bilan bog'lasak bo'ladi. Tajribali hujumchi 34 va 40-daqiqalarda "Dinamo" darvozasiga ikkita gol urdi, yakunda aynan shu gollar "temiiryo'lchilar"ga g'alaba keltirdi. Eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun Lyupcho Doriev va Nodir Abdurazzoqov ham davogarlik qilishdi. Yakunda Championat.asia sayti Temurxo'ja Abduxoliqovni 7-turning eng yaxshi futbolchisi deya etirof qildi.

futbolchi.png

Championat.asia sayti talqinida 7-turning eng chiroyli goli muallifi – Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")

Yuqorida yozilganidek, "Lokomotiv" bu turda safarda "Dinamo"ni taslim qildi - 2:1. Mehmonlarning 34-daqiqada urgan goli juda chiroyli chiqdi. Hujum vaqtida "Dinamo" posboni Edem Nemanov to'pni qaytardi, bu vaziyatda Temurxo'ja Abduxoliqov ichki hissiyoti bilan to'p aynan qaerga borishini oldindan seza oldi va uzoq masofadan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Shu tariqa, 34 yoshli o'yinchi turning eng chiroyli goli muallifi deb topildi.

gol.png

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar