"Tottenxem" himoyachisi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi

  • Mr.NoBoDy 14.04.2026 16:16
  • 299
  • 30

"Tottenxem" himoyachisi Kristian Romero "Sanderlend" bilan o'yindagi (0:1) mag'lubiyatda tizzasidan olgan jarohati tufayli 2025-26 yilgi mavsum oxirigacha maydonga tushmaydi.

Manbaning xabar berishicha, dastlabki tekshiruvlar 27 yoshli argentinalik futbolchining tizza bog'lamlarida shikastlanish borligini aniqladi. Jarohatning og'irlik darajasini aniqlash uchun yaqin kunlarda qo'shimcha tekshiruvlar o'tkaziladi.

2.jpg

Himoyachi 5-8 haftaga safdan chiqqan bo'lishi mumkin. 2026 yilgi Jahon chempionatiga 2 oydan kamroq vaqt qolganligi sababli Romero turnirga qadar to'liq tiklanish imkoniyatiga ega.

Romero 2025/26 yilgi mavsum 32 o'yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Ўхшаш янгиликлар