
Myunxendagi bahs oldidan mutaxassis har bir detalning ahamiyati haqida gapirdi.
"Hammasi ko'plab omillarga, avvalo individual mahoratga bog'liq bo'ladi. Jamoaviy o'yin va qiyinchiliklarni engib o'tishga tayyorlik muhim. Bazan o'yin taqdirini hakam ham hal qilib qo'yishi mumkin. Umid qilamanki, bu safar bunday bo'lmaydi. Lekin shuni aytmoqchimanki, har bir mayda detal ahamiyatga ega. Biz ham manan, ham jismonan yaxshi tayyorgarlik ko'rganmiz.
Birinchi o'yinning yakuni faqat bir tomonlama o'tmadi. Biz ko'proq gol urishimiz mumkin edi. "Bernabeu"da 2:1 hisobida g'alaba qozonib turib, "bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi" deb o'ylash - bu ajoyib. Endi biz buni amalda ko'rsatishimiz kerak.
"Real"ga biroz bo'sh kelsangiz, ular darhol jazolashadi. Lekin men uchun raqib murabbiyi bizga qarshi qanday echimlar izlashi muhimroq. Uxlashdan oldin doim raqib ustozi biz tufayli ko'p narsalarni hal qilishi kerakligi haqida o'ylayman va bu menga ishonch bag'ishlaydi", - dedi Kompani.
Eslatib o'tamiz, Madridda kechgan ilk bahsda myunxenliklar 2:1 hisobida zafar quchishgan edi. Javob uchrashuvi ertaga, chorshanba kuni "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.