
Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, 26 yoshli portugaliyalikning "rossoneri" muxlislari bilan munosabatlari so'nggi oylarda yomonlashgan va shartnomasida 175 million evrolik to'lov bandi ko'rsatilganiga qaramay, uning 80 million evrolik kyetishi haqiqatga aylanishi mumkin.
Futbolchiga APLdan "Manchester Yunayted" va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqmoqda.
Leau 2019 yilning avgustidan beri "Milan"da o'ynaydi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Hujumchi 2025/26 yilgi mavsum 26 o'yinda 10 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 65 million evroga baholamoqda.