
– Oyog'ingizdagi jarohatingizga ko'zim tushdi. Bu qanchalik bezovta qilyapti?
– Yomonmas. Ikki-uch kunda tiklanib, keyingi o'yingacha safga qaytishga harakat qilaman.
– Shifokorlarning ilk tashxisi qanday bo'ldi?
– Ertaga tekshiruvlardan so'ng aniq bo'ladi.
– Penalti belgilangan bahsli vaziyat haqida fikringizni bilmoqchi edim.
– Shuni ayta olamanki, men to'p uchun o'ynadim. Penalti belgilangan so'ng, kulib yubordim. Hayronman. O'tgan mavsum "Dinamo"ga qarshi o'yinda ham aynan shu hakam Abdurahmovning jarima maydoni tashqarisidagi folidan so'ng 11 metrli nuqtaga ishora qilgandi. Bu vaziyat ham ancha bahs-muhokamalarga sabab bo'lgandi. Penaltiga loyiq qo'pollik bo'lganda, bu haqda o'zim aytardim. Mendan ham so'rashdi. Vijdonim toza. Hakam qo'l bilan emas, oyoq bilan yiqitganimni aytdi. Men darvozabonman-ku, qo'l bilan otilgan bo'lsam, oyoq bilan qanday yiqitishim mumkin?! Faraz qilyapsizmi?