
– Bugun 1 ochko qo'lga kiritildimi yoki 2 ochko yo'qotildimi?
– Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, avvalambor, muxlislarimizga rahmat aytaman. Chunki uzoq masofadan kelib bizni qo'llab-quvvatlashdi. Muhit juda ajoyib bo'ldi. Maydon holati ham o'z o'yinimizni namoyish etishimizga yaxshi imkon berdi. Menimcha, 2 ochko yo'qotdik.
– Muhimi, bugun gol urdingiz. Joriy mavsumdagi gollar hisobingizni ochdingiz.
– Bundan avvalgi bahslarda ham imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Hujumchilarda uchrab turadigan holat bor: to'p darvozaga kirishni istamaydi. Agar gol ura olmasa, elkasidagi yuk oshib boraveradi.
– Aprel oyidagi o'yinlar terma jamoaning navbatdagi yig'iniga qo'shilish imkoniyatini paydo qilishi mumkin.
– Terma jamoaga, albatta, har doim har bir futbolchi borishni xohlaydi. Har qanday futbolchi mundialda ishtirok etishni xohlaydi. Xudo xohlasa, yaxshi niyat qilib harakat qilamiz, maqsad – Jahon chempionatiga borish.