Javohir Sidiqov: "Bugungi o'yinda muxlislar g'alaba qozondi"

  • Mr.NoBoDy 09.04.2026 13:40
  • 424
  • 30

"Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Javohir Sidiqov Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

– O'yin haqida...

– Bugungi o'yinda muxlislar g'alaba qozondi, sababli bahsli vaziyatlar va emociyalarga boy bo'ldi. "Nasaf" qanday holatda bo'lishidan qati nazar, kuchli jamoa hisoblanadi. Natija yomon bo'lmadi deb o'ylayman.

– "Qo'qon-1912" barqaror o'yin namoyish eta olmayotganining sababi nimada?

– Mavsum boshlanganiga ko'p bo'lmadi, qolaversa, murabbiy va tarkibda o'zgarishlar sodir bo'ldi, balki shuning ta’siridir. O'yindan o'yinga o'sish bo'lyapti.

– Oldinda "Xorazm" va "Andijon"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi.

– Har bir jamoa har doim maksimal natija uchun harakat qiladi. Biz ham tig'iz taqvim bo'lishiga qaramay, bor kuchimizni ishga solamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar