Bobir Abduxoliqov: "Maqsadim - Jahon chempionatida ishtirok etish"

  • Mr.NoBoDy 09.04.2026 13:16
  • 137
  • 30

"Nasaf" hujumchisi Bobir Abduxoliqov Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

– Bugun 1 ochko qo'lga kiritildimi yoki 2 ochko yo'qotildimi?

– Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, avvalambor, muxlislarimizga rahmat aytaman. Chunki uzoq masofadan kelib bizni qo'llab-quvvatlashdi. Muhit juda ajoyib bo'ldi. Maydon holati ham o'z o'yinimizni namoyish etishimizga yaxshi imkon berdi. Menimcha, 2 ochko yo'qotdik.

– Muhimi, bugun gol urdingiz. Joriy mavsumdagi gollar hisobingizni ochdingiz.

– Bundan avvalgi bahslarda ham imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Hujumchilarda uchrab turadigan holat bor: to'p darvozaga kirishni istamaydi. Agar gol ura olmasa, elkasidagi yuk oshib boraveradi.

– Aprel oyidagi o'yinlar terma jamoaning navbatdagi yig'iniga qo'shilish imkoniyatini paydo qilishi mumkin.

– Terma jamoaga, albatta, har doim har bir futbolchi borishni xohlaydi. Har qanday futbolchi mundialda ishtirok etishni xohlaydi. Xudo xohlasa, yaxshi niyat qilib harakat qilamiz, maqsad – Jahon chempionatiga borish.

Ўхшаш янгиликлар