Javohir Ilyosov: "Bizda yangi jamoa shakllanyapti, shu bois kambek amalga oshira olmayapmiz"

  • Mr.NoBoDy 09.04.2026 10:00
  • 123
  • 30

OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Surxon"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

– OKMK g'alabasiga ko'pchilik ishongandi. Shaxsan o'zim stadionda endi noutbugimni o'chirish payida bo'lganimda raqib jamoa goliga guvoh bo'ldim. So'nggi daqiqada o'tkazib yuborilgan golga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz: diqqatning yo'qolishimi yoki jismoniy toliqish?

– Menimcha, bugun yomon o'ynamadik. Xavfli vaziyatlar yuzaga keltirdik. O'yin so'ngida diqqatni jamlash yetishmayapti, sababi yosh futbolchilarimiz ko'p. Bugungi o'yinimiz oldingilariga qaraganda yaxshiroq bo'ldi. Keyingi o'yinlarda muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilamiz deb o'ylayman, sababi anchadan beri ularni xursand qila olmayapmiz.

– O'tgan mavsum OKMK ishtirokidagi o'yinlarda teskari ssenariylar guvohiga aylanardik, yani OKMK odatda so'nggi daqiqalarda kambek amalga oshirardi. Yetakchilarning klubni tark etgani natijalarga ta’sir qilayotgandek, nazarimda.

– Bizda yangi jamoa shakllanyapti, shu bois kambek amalga oshira olmayapmiz. Vaqt o'tishi bilan kuchliroq bo'lib qaytamiz.

– Aprelda jamoalarni tig'iz o'yinlar kutib turibdi. Jamoa to'rt kundan so'ng "Andijon"ga qarshi o'ynaydi. OKMK "Boxing Day"ga tayyormi?

– Kuchimiz etadi. Bizda o'yinchilar ko'p, murabbiy rotaciya qiladi. Bitta biz emas, hamma jamoada shunday. Qaysi jamoaning tarkibida resurs kam bo'lsa, qiyinchilikka duch kelishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар