"Atletiko" 20 yillik nohush ananaga chek qo'ydi

  • Mr.NoBoDy 09.04.2026 10:32
  • 352
  • 30

Tunda "Barselona" o'z maydonida Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o'yinida "Atletiko"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bu "Barselona" uchun "Kamp Nou"da "Atletiko"dan 20 yil ichidagi qabul qilib olingan ilk mag'lubiyat bo'ldi. So'nggi bor 2006 yil 5 fevralda sodir bo'lgandi. O'shanda Madrid jamoasi Kataloniyadan 3:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan. Shundan beri "Barsa" o'z maydonida "matraschilar"ga faqat bir marta - 2024 yil 12 dekabrda mag'lub bo'lgan, lekin o'sha o'yin "Kamp Nou"da o'tkazilmagan, chunki stadion rekonstrukciyada edi.

Shuningdek, "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone uchun ham bu "Kamp Nou"da "Barselona" ustidan ilk g'alaba bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар