
Nomzodlar orasiga PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya, "Bavariya" va "Arsenal" darvozabonlari Manuel Noyer va David Rayya, shuningdek "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares kirdi.
Xvicha "Liverpul" darvozasiga gol urdi (2:0), Alvares "Barselona"ga gol urdi (2:0), Rayya "Sporting"ga qarshi o'yinda "quruq" o'tkazdi (1:0), Noyer esa "Real"ga qarshi o'yinda 9 ta seyv qildi (2:1).