
"Mening "Atletiko"im avval hech qachon "Kamp Nou"da g'alaba qozonmagan edi deb o'ylayman. Bu juda qiyin. Balki, bu PSJ va "Bavariya" bilan birga Yevropadagi eng kuchli jamoalardan biridir.
Yaxshi jamoaviy o'yin tufayli biz o'yindagi hal qiluvchi vaziyatlardan foydalana oldik. Ikkinchi gol bizga ishonch bag'ishladi va afsuski, farqni yanada oshira olmadik.
Men 30 ta zarba berib, gol urmagan o'yinlar haqida minglab hikoya aytib bera olaman. Futbolning go'zalligi ham shundaki, hujumlarni aniq yakunlash - muvaffaqiyat kalitidir. Bugun biz ajoyib aniqlik ko'rsatdik, boshqa kunlarda esa bunday bo'lmagan", - dedi Simeone.