
Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi Urugvay milliy jamoasi o'yinchisinining o'yinidan qoniqish hosil qilmayapti.
Ikkinchi mavsumda Ugarte jamoada faqat rotaciya o'yinchisi bo'lib qoldi va Angliya Premer-ligasida atigi etti marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. "Yunayted" yarim himoyachi bilan yozda xayrlashishga tayyor.
Ma'lum bo'lishicha, o'yinchiga Turkiya va Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.
Ugarte mankunianliklar safida 2024 yil yozidan beri o'ynamoqda. Ingliz jamoasi futbolchini PSJdan 60 million evroga sotib olgandi. Joriy mavsumda Urugvay milliy jamoasi o'yinchisi barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, natijali harakatlar bilan ajralib turmadi. O'yinchi bilan shartnoma 2029 yil yozigacha tuzilgan.