
"Liverpul", "Manchester Siti" va "Chelsi" francuz futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.
Mersisaydliklar Kundeni aynan himoya uchun ko'rib chiqmoqda, chunki Jeremi Frimpong hujumkor futbolchi sanaladi. Manbaga ko'ra, "Liverpul" o'yinchi uchun taxminan 80 million evro taklif qilishga tayyor.

"Barselona" 27 yoshli himoyachiga yuqori baho beradi va uni jamoada saqlab qolmoqchi, ammo jiddiy taklifni moliyaviy jihatdan qondirish qiyin bo'lishini tushunadi. Agar transfer amalga oshsa, klub bu mablag'lardan o'z tarkibini kuchaytirish uchun foydalanadi: "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares va "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni nomzodlar ro'yxatida.
"Ko'k-anorranglilar" Kundega o'rinbosarlik qilishi uchun Joau Kanselu bilan shartnomani uzaytirish yoki "Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyazo bilan bitim tuzishni ko'rib chiqyapti.
Kunde 2022 yilning iyul oyidan beri "Barselona"da o'ynab kelmoqda. U ushbu mavsum 40 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.