Mikel Arteta "Arsenal"ning qiyin g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

  • Mr.NoBoDy 08.04.2026 08:32
  • 416
  • 30

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta kechagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda xursandman. Chempionlar ligasi chorak finalida, o'z maydonida uzoq vaqtdan beri mag'lubiyatga uchramagan jamoaga qarshi safarda g'alaba qozonish… Bu vazifa qanchalik qiyin bo'lganini ko'rsatadi.

Har safar raqib maydonchasining yoniga yaqinlashganimizda bizga biroz omad yetishmayapgandi. Biz biroz aniqroq harakat qilishimiz kerak edi. Bunday raqib himoyasini yorib o'tish uchun tezroq va samaraliroq bo'lish kerak. Ikki-uch marta biz ancha yaqin keldik, o'yin oxirida esa ajoyib hujumdan so'ng biz g'alabani qo'lga kiritdik", - dedi Arteta.

"Arsenal" va "Sporting" o'rtasidagi javob o'yini 15 aprelda bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар