"Barselona" va "Atletiko" uchrashuvidagi hakamnning qarori xato bo'lgani rasman tasdiqlandi

  • Mr.NoBoDy 08.04.2026 08:56
  • 199
  • 30

Ispaniya futbol federatsiyasining Texnik hakamlar qo'mitasi (CTA) La Liga 30-turida "Atletiko" va "Barselona" (1:2) o'rtasidagi o'yinda hakam Mateo Buskets Ferrer Xerardo Martinga ko'rsatilgan qizilni bekor qilib, xato qilganini tan oldi.

46-daqiqada Katalon klubi o'yinchisi Tyago Almadening boldiriga oyog'i bilan teggan (avval to'pga tegib). Bosh hakam Martinga qizil kartochka ko'rsatgan, lekin videoassistentlar tavsiyasi bilan qayta ko'rib chiqib, uni sariq kartochkaga almashtirgan.

"Bu qoidalarning jiddiy buzilishi edi, kim birinchi to'pga tegganidan qati nazar. To'g'ri intizomiy jazo qizil kartochka bo'lishi kerak edi.

VAR bu epizodga aralashmasligi kerak edi, chunki maydondagi hakam to'g'ri qaror qabul qilgan. VARning epizodni qayta ko'rish tavsiyasi maydonda to'g'ri baholangan harakatni noto'g'ri tuzatishga olib keldi. Hakam o'z dastlabki qarorida qolishi kerak edi", - deyiladi CTA qarorida.

Ўхшаш янгиликлар