
"Biz hali o'yinmiz, bu aniq. Bizga faqat bitta gol yetishmaydi. Biz har qanday maydonda g'alaba qozonishga qodirmiz. 0:2 hisobida qaytish juda qiyin bo'lardi. Biz juda chuqur o'tirib qoldik, ayniqsa vingerlar. Bu bizning rejamiz emas edi. Bu raqibga juda katta nazorat berdi. To'p bilan o'ynaganda bizda o'zini ko'rsatish, bosim ostida o'yinni o'z qo'liga olish uchun etarli epizodlar yo'q edi. Men bu haqda o'yinchilarimga aytdim. Ularning pressingi juda agressiv.
Biz ko'p gaplashdikki, xatolardan qochish kerak. Lekin ikkinchi golni o'tkazib yubordik va bu jiddiy zarba bo'ldi. Jamoa yaxshi javob qaytardi va xarakter ko'rsatdi. Biz ko'proq gol urishimiz mumkin edi va biz hali ham "tirikmiz", degan hissiyot qoldi. 1:2 hisobida ham biz juda katta xavfga bordik. Biz o'yinda qoldik, chunki "Real" har qanday maydonda g'alaba qozonishga qodir", - dedi Arbeloa.
"Bavariya" va "Real" o'rtasidagi javob o'yini 15 aprelda bo'lib o'tadi.