
Unda klublardan ikki nafar vakil engil tan jarohati olgan.
Milliy gvardiya vaziyatga yaqin ekanligidan kelib chiqib, mojaro tezda bartaraf etilgan. Ichki ishlar organlari tayanch punktida o‘tkazilgan surishtiruvda tomonlar bir-biriga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat Komissar tomonidan bayonlashtirilgan. Shundan kelib chiqib, PFL vaziyatni to‘liq o‘rganish maqsadida Assotsiatsiya qoshidagi Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyaga rasmiy murojaat qildi. Ayni vaqtda inspeksiya mojaro ishtirokchilari bilan suhbat o‘tkazib, “Bunyodkor” stadionida ro‘y bergan holatni stadion kameralari tasvirlari, Komissar bildirgisi va albatta uchrashuv davomida ro‘y bergan kichik to‘qnashuv va epizodlar yordamida o‘rganmoqda. O‘rganish ishlari yakunlangach, inspeksiya holatning kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari to‘liq bayonlashtirilgan materialni PFLga taqdim etadi.
O‘z navbatida PFL tayyor materialni Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiradi va mojaroning har qanday ishtirokchisi sportchilarga xos bo‘lmagan harakatlari uchun tegishli tartibda jazolanishini ta’minlaydi.