"Adolat qaror topdi". Marokash afsonasi Afrika Kubogidagi mojaro haqida

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 02:32
  • 1250
  • 30

Marokash terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mustafo Haji Afrika Futbol Konfederaciyasining (CAF) Afrika Kubogi-2026 finalidagi mojaroli qaroriga o'z munosabatini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, CAF final bahsi vaqtida Senegal futbolchilari maydonni tark etgani sababli ularga texnik mag'lubiyat yozib, chempionlikni Marokash terma jamoasiga topshirgan edi. Senegal hukumati esa buni korrupciya deb atagan.

Sobiq futbolchi bu qarorni to'liq qo'llab-quvvatlashini takidladi:

"Adolat qaror topdi. O'ylaymanki, futbolda o'z qoidalari bor va agar hamma o'zi xohlagan ishni xohlagan vaqtida qilaversa... Qoidalar o'rnatildimi, ularga amal qilish shart. Menimcha, Marokash shunchaki futbol qoidalariga rioya qilmoqda".

Haji senegalliklarning qilmishini oqlab bo'lmasligini aytib o'tdi:

"Agar Senegal futbolchilari xavf ostida bo'lganida, ularning hayotiga tahdid solinganida, ularning maydondan chiqib ketishini tushungan bo'lardim, ammo bu vaziyatda... Agar har safar hakamlar qarori bilan bahslashib, hamma narsani tahlil qilaversak va shunday yo'l tutsak, futbol o'ynash qiyin bo'lib qoladi", — dedi Haji.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar