Chempionlar Ligasining 1/4 final juftliklari malum bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 03:08
  • 161
  • 30

UEFA Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi chorak finaliga yo'l olgan barcha 8 ta klub nomi to'liq aniqlandi.

"Barselona" 1/8 finalning javob bahsida Angliyaning "Nyukasl" jamoasini yirik 7:2 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga chiqdi. "Liverpul" esa dastlabki o'yindagi mag'lubiyatdan (0:1) to'g'ri xulosa chiqarib, o'z maydonida "Galatasaroy"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi.

Shuningdek, Madridning "Atletiko" klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra "Tottenxem"dan ustun kelgan bo'lsa (5:2, 2:3), "Bavariya" ikkita bahsda ham "Atalanta"ni ayab o'tirmadi (6:1, 4:1). Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Real", "Sporting", "Arsenal" va PSJ jamoalari ham 1/4 final yo'llanmasini naxt qilib qo'ygan edi.


ECHL 2025/2026 yilgi mavsum 1/4 final juftliklari bilan tanishing:

"Sporting" — "Arsenal"

"Real" — "Bavariya"

"PSJ" — "Liverpul"

"Barselona" — "Atletiko"

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar