
Uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Arbil" safida Marlen Chobanov to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Sherzod Temirov ham uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90+5-daqiqada zaxirada olindi. USHbu bahsda Temirov yana bitta golni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Ayni vaqtda hujumchi Iroq chempionatida 20 ta gol bilan turnir jadvalini boshqarib turibdi.