BAA chempionati. Shukurov jamoasi so'nggi soniyalarda g'alabani qo'ldan chiqardi

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 01:48
  • 895
  • 30

Birlashgan Arab Amirliklari Pro ligasining 20-turi doirasida kechgan "Ajman" va "Baniyas" jamoalari o'rtasidagi bellashuv o'z nihoyasiga etdi.

Mazkur asabiy kechgan bahsda tomonlar jangovar durangga imzo chekishdi.

Qayd etish joiz, "Baniyas" sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi. Mehmonlar 21-daqiqadayoq hisobni ochib, o'yin oxirigacha ustunlikni saqlab qolishgan edi. Biroq, hakam tomonidan qo'shib berilgan 4-daqiqada mezbonlar muvozanatni tiklab, alamli tarzda g'alabani tortib olishdi.

Match-senterda ochish

"Ajman" 1:1 "Baniyas"

Gollar: J. Flemmings 90+4' (Yuri Matias) — YU. Niakate 21'.

"Baniyas"ning asosiy tarkibi: F. Muhammad (d), 2. M. Kamara, 7. F. Avana (s), 12. YU. Niakate, 18. S. Al Nubi, 19. M. Dabbur, 21. M. Xant, 25. N. Djekovich, 63. O. Shukurov, 70. N. Shadli, 77. J. Sevior.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar