"Barselona"da jiddiy yo'qotish! Joan Garsiya "Nyukasl"ga qarshi o'yindagi jarohati sabab safdan chiqdi

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 02:08
  • 1610
  • 30

Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Joan Garsiya Chempionlar Ligasida olgan jarohati sababli bir muddat jamoasiga yordam bera olmaydi.

"As" jurnalisti Xavi Migelning xabar berishicha, ispaniyalik posbonning chap oyoq boldir mushagida kichik yirtilish aniqlangan. Shu sababli Garsiya kamida 2-3 haftani o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" posboni Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi Angliyaning "Nyukasl" jamoasiga qarshi javob bahsining so'nggi daqiqalarida oyog'idan shikastlangan edi. Malumot o'rnida, kataloniyaliklar ushbu o'yinda 7:2 hisobida ishonchli g'alaba qozonib (birinchi o'yin – 1:1), chorak finalga yo'l olishdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar