
"Tiklanish jarayoni ajoyib tarzda davom etmoqda. Yugurishni boshlab yubordim. Xudoga shukrki, o'zimni yaxshi his etyapman. Uzog'i bilan 1 oyda umumiy guruhga qaytaman. Muxlislar orzusini amalga oshirib, terma jamoa uchun yurakdan o'ynash maqsadidaman. Mening orzum ham doim mundialda o'ynash bo'lgan.
Instagram'da "Paxtakor" haqidagi storis? Maydonda jamoaga lider etishmayapti. Erondagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, balki "Paxtakor"ga qaytib, "sherlar"ga yordam berishim kerakdir, degan manoda qo'ygandim", – dedi Masharipov.