Kotrina Kulbite: "Tarix yaratishga bir qadam qoldi"

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 16:48
  • 179
  • 30

O'zbekiston ayollar terma jamoasi ertaga Osiyo Kubogi pley-off bosqichida Filippin bilan to'qnash keladi.

Mazkur uchrashuv oldidan terma jamoamiz ustozi Kotrina Kulbite va futbolchi Lyudmila Karachik matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalo biz uchun ertaga ajoyib lahza. Biz pley-off bosqichidamiz. Tarix yaratishga bir qadam qoldi. Bu ham hayajon, ham masuliyat olib keladi. Ertangi o'yin juda muhim lekin buni bosim emas ishonch bilan qabul qilamiz. Barcha ishtirokchilar bu bosqichga etib kelish uchun ko'p mehnat qildi, ular bunga loyiq. Bu bosqichda oson jamoa yo'q, hamma yaxshi tayyorlangan bo'ladi. Biz tayyorgarligimiz, o'yin rejamiz birligimizga ishonamiz. Imkoniyatdan foydalani uchun bor kuchimizni ishga solamiz",- deydi Kulbite.

"Ertaga juda yaxshi uchrashuv kutmoqda, Jahon chempionati yo'llanmasi o'ynaladi. Raqib kuchli va kurashuvchan jamoa. Biz ham kuchlimiz, yaxshi darajada o'yin ko'rsatishga tayyormiz",- deydi Karachik.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar