Dik Advokat "Feyenoord"da Robin van Persiga maslahatchi bo'ladi

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 16:32
  • 215
  • 30

Kyurasao terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Dik Advokat mavsum yakuniga qadar "Feyenoord" bosh murabbiyi Robin van Persiga maslahatchi sifatida yordam beradi.

Bu haqda Rotterdam klubi matbuot xizmati malum qildi. Qayd etilishicha, Advokat van Persiga maslahatlar beradi, ammo rasmiy lavozimni egallamaydi va o'yinlar paytida zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi.

Advokat fevral oyi oxirida qizining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi. U jamoani 2024 yil yanvaridan boshqarib kelgan va uning rahbarligida terma jamoa tarixida ilk bor jahon chempionati finaliga chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar