
O'zbekiston iyun oyi boshida Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi ancha oldin elon qilingandi. Bu bahsdan keyin Jahon chempionati boshlanguniga qadar Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Niderlandiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin. O'FA ayni paytda bu borada Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda o'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev 90minutuz podkastida aytib o'tdi.
Malumot uchun, Niderlandiya terma jamoasi mundialda "F" guruhida Yaponiya va Tunisga qarshi o'ynaydi. Yana bir raqib pley-off orqali aniqlanadi.
Ayni paytda Niderlandiyani Ronald Kuman boshqarmoqda. Ushbu terma jamoa o'z tarixida 3 marta Jahon chempionati finaliga qadar etib borgan. 1988 yilgi Evropa chempioni hisoblanadi.
O'zbekiston terma jamoasi hozirga qadar Niderlandiyaga qarshi o'yin o'tkazmagan.
