
Eslatib o'tamiz, Parijda o'tgan dastlabki bahsda ham Enrike shogirdlari 5:2 hisobida zafar quchgan va ikki o'yin natijasiga ko'ra umumiy 8:2 hisobida keyingi bosqichga yo'l oldi.
"Mukammallik yo'q, ammo biz qarshi hujumlarda aniq o'ynadik"
"Futbolda mukammallik degan narsa yo'q, ammo tan olishim kerakki, birinchi o'yin juda og'ir o'tgandi, ayniqsa dastlabki 80 daqiqa. O'sha natijadan so'ng kechagi uchrashuv davomida ham o'yin darajamizni saqlab qola oldik. Javob o'yini boshqacha scenariyda kechdi, chunki biz qarshi hujumlarda juda aniq harakat qildik va o'yin taqdirini amalda hal qilib qo'ygan ikkita golni urdik".
To'pni nazorat qilish orqali himoyalanish — asosiy qurol
Ispaniyalik mutaxassis jamoasining taktik ustunligi va raqiblarning hurmati haqida to'xtalib o'tdi:
"Bunday o'yinni nazorat qilish doim qiyin, chunki "Chelsi" — tezroq gol urishga intiladigan ajoyib jamoa. To'pni ushlab turish oson emas, biroq qarshi hujumlar va to'p nazorati o'rtasidagi muvozanat hal qiluvchi omil bo'ldi. To'pga egalik qilgan holda himoyalanish — bizning asosiy vazifalarimizdan biridir. Biz ajoyib o'yin ko'rsatdik va g'alabaga mutlaqo haqli edik.
Hamma — ayniqsa Chempionlar Ligasida o'ynaydiganlar — bizni hurmat qilishadi, chunki futbolni qanday o'ynashga harakat qilayotganimizni yaxshi bilishadi. Boshqa jamoalardan oladigan va his qiladigan bu hurmatimiz biz uchun juda muhim. Bunday jamoaning bir qismi bo'lish yoqimli va biz keyingi bosqich o'yinlarini intiqlik bilan kutyapmiz", — dedi Enrike.