"Arsenal" sobiq yulduzi Marokashning g‘alabasi haqida: "Senegal kubok bilan uyiga ketgan, endi nima qilish kerak?"

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 14:44
  • 606
  • 30

Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Samir Nasri Afrika Kubogi finalida Marokash terma jamoasiga g‘alaba berilishi borasidagi qarorga munosabat bildirdi. Afrika futbol konfederasiyasi (KAF) maydonda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan Senegalga texnik mag‘lubiyat yozdi.

"Agar buni o‘yindan so‘ng darhol yoki ertasi kuni qilishganida, tushunsa bo‘lardi... Buni umuman 2035 yilda qilishsa ham bo‘laverardi. Bu shunchaki komediya. Senegal g‘alaba qozondi va kubok bilan uyiga bayram qilish uchun ketdi. Ular endi nima qilishi kerak? Bu KAFning butunlay obro‘sizlanishidir", — deya Samirning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar