FIFA Eronga umid bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 13:40
  • 1015
  • 30

FIFA Eron milliy jamoasi Jahon chempionatida dastlabki taqvimga muvofiq ishtirok etishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports telekanali jurnalisti Rob Harris o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qildi.

"FIFA Jahon chempionati–2026 musobaqasi rejalashtirilishi yuzasidan ishtirokchi barcha azo associaciyalar, jumladan Eron bilan doimiy aloqada. Tashkilot barcha jamoalar elon qilingan o'yinlar taqvimiga muvofiq ishtirok etishiga umid qilmoqda", — deyiladi bayonotda.

11 mart kuni Eron sport vaziri Ahmad Donyamali milliy jamoa Jahon chempionatida ishtirok etmasligini malum qilgan edi. Biroq 16 martda Osiyo futbol konfederaciyasi bosh kotibi Vindsor Jon Eron tomonidan musobaqada qatnashishdan voz kechilgani haqida hech qanday rasmiy bildirishnoma kelib tushmaganini aytdi.

Eron terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarni AQSHda o'tkazishi rejalashtirilgan. Jamoa bir guruhda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya termalari bilan kuch sinashadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanada hududlarida bo'lib o'tadi. Ilk bor musobaqada 48 ta jamoa ishtirok etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar