Di Kanio: "Leau maydonda sayr qilyapti"

  • Mr.NoBoDy 17.03.2026 17:08
  • 562
  • 30

Rimning "Lacio" jamoasi sobiq futbolchisi Paolo Di Kanio "Milan"da Rafael Leauning o'yinga munosabatini tanqid qildi.

U rimliklarga qarshi o'yinda almashtirildi va bundan juda norozi edi.

"Milan" doimo birinchi raqamda o'ynash kerak bo'lgan o'yinlarda qiynaladi. Biroq Leau bunday uchrashuvlarda ham harakat qilmoqchi emas. U maydonda sayr qilib, qarshi hujumlarni kutmoqda. Bu esa ishlamayapti. Boshqalar o'zini qurbon qilayotganda, 70 daqiqa maydonda sayr qilib, bir-ikki marta to'p olishni kutish mumkin emas. Shu sababli Maks uni almashtirdi va bu borada haq edi", – dedi Di Kanio.

Hozirda "Milan" ikkinchi o'rinda bormoqda va "Inter"dan allaqachon sakkiz ochko orqada.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar