
Dastlab musobaqada to'rtta jamoa — Qozog'iston, Kuvayt, Komor orollari va Namibiya ishtirok etishi rejalashtirilgandi. Biroq Kuvayt terma jamoasi rad javobini berganidan so'ng turnirda uchta jamoa qoldi va ular o'zaro aylanma tizimda o'ynaydi.
Qayd etilishicha, Qozog'iston terma jamoasi o'zining ilk o'yinini 25 mart kuni o'tkazadi. Raqib Namibiya terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv "Ostona Arena"da bo'lib o'tadi.