
Italiyalik mutaxassis Vini bilan bir necha yildan beri ishlab keladi, chunki avval "Real"ni ham boshqargan.
"Vinisius Juniorda barcha braziliyaliklarning xususiyati bor. Braziliyalik — baxtli, juda kamtar odam. Braziliya termasida birorta ham manman odam yo'q — men taniydigan barcha braziliyaliklar orasida ham shunday. Vini — kamtar, quvnoq va haqiqiy iqtidor", – dedi Anchelotti.
Braziliya terma jamoasi yozda Jahon chempionatida ishtirok etadi. "Selesao" mundial guruh bosqichida Shotlandiya, Marokash va Gaiti bilan o'ynaydi.